Yangiliklar va e'lonlar

Xalqaro hamkorlik ishlari

🔹2026-yil 28-yanvar kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish institutida  texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish masalasida muzokara uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

🔹Uchrashuvda Kasbiy ta’lim agentligi  va Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti xodimlari  hamda Germaniyaning “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bosh direktori Klaus Mixel hamda tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

🔹Muzokaralar davomida “AVESTOS” GmbH kompaniyasi bilan olib borilayotgan hamkorlik ishlari va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashdilar.

🔹Xususan kompaniya bosh direktori Klaus Mixel Qashqadaryoda 6 ta texnikumlarda joriy etilgan ta’lim dasturlari hamda Germaniyada talab yuqori bo‘lgan 10 ga yaqin kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash uchun Germaniya standartlari haqida batafsil ma’lumotlarni berib o‘tdi.



Rating: 0 / 5

Izoh qoldirish