Samandarova Sadoqat Sohibjon qizi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi lavozimiga tayinlandi.
Sadoqat Samandarova Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). U turli yillarda “O‘zbekiston” telekanalida muharrir, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazida mutaxassis lavozimida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston24” telekanali 1-toifali muxbiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
Izoh qoldirish