Yangiliklar va e'lonlar

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Milliy armiya — ona yurtimizning mustahkam qalqoni, tinchligimizning ishonchli posbonidir.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘z hayotini Vatan himoyasidek sharafli va oliyjanob burchga bag‘ishlagan jasur harbiy xizmatchilarni, shuningdek, yurt ravnaqi va tinchligi yo‘lida mas’uliyatni sidqidildan ado etib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlug‘ sana — Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Sizlarga mustahkam iroda, yuksak shijoat, sobit sadoqat, bardavom salomatlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. El-yurtimiz osmoni musaffo, kelajagi porloq bo‘lsin!



Rating: 5,0 / 5

Izoh qoldirish