2026-yil 7-yanvar kuni Kasbiy taʼlim agentligida kasbiy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, 2026-yilga moʻljallangan ustuvor vazifalar borasida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Kasbiy taʼlim agentligi direktori Azimjon Husanov oʻz nutqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasida kasbiy taʼlim sohasiga oid belgilab berilgan vazifalarning mazmun-mohiyatiga toʻxtalib oʻtdi
Yigʻilish davomida 2026-yilda texnikumlarda xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish masalasi ham atroflicha koʻrib chiqildi. Ushbu masala yuzasidan Qashqadaryo viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi O. Mavlonov va Samarqand viloyati kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi A. Nasimov tomonidan maʼruzalar taqdim etildi.

Yigʻilishida Kasbiy taʼlim agentligi markaziy apparati xodimlari, hududiy kasbiy taʼlim boshqarmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, respublika boʻylab texnikum direktorlari hamda ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdi.
Yigʻilish yakunida Kasbiy taʼlim agentligi direktori tomonidan belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, hududlarda kasbiy taʼlim sifatini oshirish hamda xalqaro tajribalarni joriy etish boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

Izoh qoldirish