Namangan va Andijon viloyatlari oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi va texnikum rahbarlaridan iborat delegatsiya 2025-yil 10–12-noyabr kunlari Germaniyaning Leypsig shahriga xizmat safari uyushtirdi.
Tashrifdan maqsad — Germaniyaning “Zentrum für Aus-und Weiterbildung Leipzig GmbH” (“ZAW-Leipzig”) markazi bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini Namanganda joriy etish bo‘yicha amaliy kelishuvlarga erishishdir.
Safar davomida delegatsiya a’zolari ZAW-Leipzig markazidagi elektrotexnika, metallarga ishlov berish va gastronomiya (oshpazlik) yo‘nalishlarida tashkil etilgan o‘quv-amaliy jarayonlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, markaz rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Tashrif doirasida Leypsig shahridagi Savdo-sanoat palatasi, “Siemens Energy” va “Amazon BBG” korxonalariga ham borilib, dual ta’lim asosida yaratilgan sharoitlar hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish jarayonlari o‘rganildi.
20