Samarqand viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyurib, Pekin va Gansu viloyatlari bilan kasbiy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishdi.
Delegatsiya “Belt and Road” doirasidagi CACIE 2025 xalqaro ta’lim konferensiyasida ishtirok etib, kasbiy ta’limni xalqaro standartlarga moslashtirish, qo‘shma ta’lim markazlarini tashkil etish va WorldSkills Asia doirasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Tashrif davomida boshqarma, Sunmaker Training instituti va CIIC International Education Technology (Beijing) Co., Ltd. o‘rtasida raqamli kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hamkorlik doirasida 12 yo‘nalish bo‘yicha raqamli o‘quv resurslari yaratish, onlayn va oflayn treninglar tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, delegatsiya Gansu viloyatidagi kasb-hunar kollejlarining ilg‘or tajribasini o‘rganib, uni mahalliy ta’lim tizimida qo‘llashni maqsad qilmoqda.
35