Yangiliklar

Oʻzbekiston – Germaniya hamkorligida kasbiy taʼlim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi muhokama qilindi

5-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov Germaniyaning “KfW” taraqqiyot bankining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo departamenti direktori Veronika Garsiya Del Arko hamda mazkur bankning Toshkentdagi Markaziy Osiyo mintaqaviy ofisi direktori Petar Georgiyev bilan uchrashdi.

Muloqot chogʻida kasbiy taʼlim tizimini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlikdagi loyihalarning ijrosi va kelgusidagi ustuvor yoʻnalishlar muhokama etildi.

38