Yangiliklar

O‘zbekiston - Xitoy Ikkinchi ta’lim forumi davom etmoqda

Ayni daqiqalarda forum o‘z ishini uchta yo‘nalish - oliy ta’lim va fan, professional ta’lim hamda innovatsiyalar va texnologiyalar transferi bo‘yicha parallel sho‘balarda olib borilmoqda.

Kun davomida tomonlar o‘rtasida B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar hamda fikr almashuvlar o‘tkaziladi. Shuningdek, forum yakunida erishilgan natijalar e’lon qilinib, taqdimotlar tashkil etiladi.

Dastur doirasida ishtirokchilar uchun universitet va texnikumlarga tashriflar ham rejalashtirilgan.

Forum davomida oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida memorandumlar imzolandi, qo‘shma o‘quv va startap loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Toshkent transport texnikumida “Xitoy–O‘zbekiston telekommunikatsiyalar sanoati ustaxonasi” hamda Shayxontohur politexnikumida “Xitoy–O‘zbekiston yangi energiya vositalari ustaxonasi” ochildi.

19