Yangiliklar

Germaniyaning ilgʻor tajribalari va metodikalari malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Joriy yilning oktabr oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorligida Germaniyaning ilgʻor tajribalari va metodikalari asosida tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlari malaka oshirish kurslariga joriy etildi.

Mazkur malaka oshirish kurslari kasbiy ta’lim tashkilotlarining tadbirkorlik fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Jamgʻarma” simulatsiyasi, “Mikro biznes” simulatsiyasi, “Biznesni rejalashtirish va kredit olish boʻyicha suhbatga tayyorgarlik koʻrish” va “Karyerani rivojlantirish” tadbirkorlik modullari Germaniya metodikasi asosida tashkil etildi. 

Tadbirkorlik modullari boʻyicha malaka oshirish kurslarida 150 nafar yaqin pedagog kadrlar ishtirok etmoqda. 

Eslatma: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF–158-son Farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-may 172-sonli buyrug‘iga muvofiq texnikumlar oʻquv jarayoniga Germaniyaning ilgʻor tajribalari va metodikalari asosida tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlari bo‘yicha Professional ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kurslariga 2+2 ko‘rinishda: 2 hafta onlayn va 2 hafta oflayn auditoriya mashg‘ulotlari sifatida tashkil etildi.

11