Yangiliklar

Xalqaro ekspertlar ishtirokida kasbiy ta’limda sifatni ta'minlashning samarali mexanizmi ishlab chiqiladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda YUNESKO vakillari o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda mamlakatimizda kasbiy ta’limda sifatni ta'minlash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Yigʻilish yakuniga ko'ra YUNESKO tomonidan jalb etilgan xalqaro ekspertlar EQAVET va ISO kabi xalqaro standartlarga muvofiq ravishda kasbiy ta'limda sifatni ta'minlashning milliy tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi.

Shuningdek, xalqaro ekspertlar tomonidan mahalliy mutaxassislar bilan tajriba almashishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, bugun ushbu jarayonlarga start beriladi.

8