✅ Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy taʼlim agentligi kasbga oʻqitishda yagona regulyatorga aylantiriladi. Mavjud 598 ta texnikum hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidagi 55 ta monomarkaz texnikum sifatida qayta tashkil etilib, Agentlik tizimiga oʻtkazildi.
Agentlik tomonidan kasbga oʻqitish boʻyicha ishlab chiqiladigan yagona talablar barcha davlat va nodavlat kasbiy taʼlim muassasalari uchun majburiy boʻladi. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Migratsiya agentligi bilan birgalikda kasbga oʻqitish sohasida kadrlar buyurtmachilariga aylanadi.
20