2025 yilning 27 oktabr kuni Professional ta’limini rivojlantirish instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida quyidagi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi:
➡️Helvetas Uzbekiston, Shveysariyaning O‘zbekistonda kasbiy ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash loyihasi (VET4UZ),
➡️YUNESKO, “O‘zbekiston qishloq joylarida bandlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi,
➡️DVV International,
➡️GIZ, Termizda tibbiy ta'lim va kadrlar tayyorlashni modernizatsiya qilish,
➡️ETF, Markaziy Osiyodagi yoshlarni inklyuzivlik va mehnat bozori ko‘nikmalarini rivojlantirish.
🔺Seminarning asosiy maqsadi - yaqindagina imzolangan “Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim sohasi vakillarini kasbiy ta’limda zamonaviy o‘qitish metodikalari bilan kengroq tanishtirish hamda xalqaro va mahaliy hamkorlar o‘rtasida yaqinroq hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

🔺Seminar natijasida Farmonda berilgan vazifalarning mazmun-mohiyati, zamonaviy kasbiy ta’lim metodikalarini chuqurroq anglash va ulardan xabardor bo’lish, ishtirokchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda o‘qitish sifatini yaxshilash kabi umumiy tasavvur shakllantirildi.
16