16-oktabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida navbatdagi “Donor coordination” yigʻilishi o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Rajabov, Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktori Baxtiyor Yo‘ldoshev, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, xorijiy elchixonalar hamda xalqaro donor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda kasbiy ta’lim tizimidagi so‘nggi o‘zgarishlar, 2025-yil boshidan hozirgi kungacha amalga oshirilgan ishlar, ta’lim sifatini ta’minlash, dual ta’limni rivojlantirish va o‘qituvchilar malakasini oshirish masalalari yuzasidan YUNESKO, GIZ, Helvetas va boshqa xalqaro hamkorlarning taqdimotlari tinglandi.
Muhokamalar yakunida kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, muntazam axborot almashinuvi va hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
23