2025 yil 7 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Biznes model innovatsiya” seminari tashkil etildi.
🔺Mazkur seminar Germaniyadagi SV SparkassenVersicherung, Sparkasse jamg‘armasi kassalari yirik sug‘urta konserni Innovatsiyalarni boshqarish katta eksperti Sebastian Held tomonidan olib borilib, bunday seminarlar Germaniyadagi biznes va innovatsiyalar sohasida amaliy usullar va yutuqlar bilan tanishish hamda ta’lim muassasalari rahbarlari bilan O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishini muhokama qilish uchun muhim imkoniyat beradi.
🔺“Biznes model innovatsiya” seminari kasbiy ta’lim tashkilotlari direktorlari uchun biznes va innovatsiyalar bilan tanishtirishga mo‘ljallangan bo‘lib, seminar barcha hududlarda tashkillashtirilishi rejalashtirilgan.
🔺Ushbu seminar texnikumlarda moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoni sifati va institutsional salohiyatni mustahkamlash hamda ta’minlashga qaratilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad kelgusida texnikumlarda bir yoki bir necha kichik biznesni tashkil etish hamda ularni rivojlantirishga ko‘maklashish, bu orqali talabalarga biznes jarayonlarida ishtirok etishni ta’minlash hamda ularda kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirishga yordam beradi.
5