2025-yil 8-oktabr kuni Buxoro shahar politexnikumiga “Pearson” kompaniyasi vakilli markaziy boshqarma rahbari Sally Peacock hamda Professional ta’limni rivojlantirish instituti bo‘lim boshlig‘i Madjitov Abdumalik tashrif buyurdilar.
Ularning tashrifi Pearson BTEC xalqaro ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish jarayonlari bilan yaqindan tanishish maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida mehmonlar ta’lim muassasasidagi o‘quv xonalarining moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonini tashkil etish sharoitlari hamda zamonaviy o‘quv-uslubiy vositalar bilan tanishdilar. Shuningdek, o‘quvchi va talabalar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi, xalqaro dasturlar doirasida erishayotgan yutuqlari hamda kelgusidagi maqsadlari haqida fikr almashildi.
Tashrif chog‘ida ta’lim muassasasidagi Xalqaro ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi faoliyati ham o‘rganildi. Bo‘lim xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda hujjatlarni yuritish, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga muvofiq tashkil etish hamda BTEC dasturlarining amaliyotga joriy etilishi yuzasidan foydali maslahatlar va amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, Pearson kompaniyasi vakillari tomonidan BTEC xalqaro dasturining mazmuni, maqsadi va afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va xalqaro standartlarga asoslangan o‘quv dasturlarini chuqurlashtirish borasida kelishuvlarga erishdilar. Ushbu uchrashuv xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
5