Farg‘ona davlat universitetida “Innovatsion hamkorlik: oliy va professional ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus forumi” mavzusida Ikkinchi ta’lim forumining yalpi yig‘ilishi bo‘ldi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sardor Radjabov, Belarus Respublikasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Aleksandr Baxanovich hamda ikki davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Forum doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvlarda amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslar muhokama qilindi.
Forum doirasida 30 ga yaqin anglashuv memorandumi, hamkorlik bitimi va yo‘l xaritalari imzolandi.
Mazkur forum O‘zbekiston va Belarus respublikalari o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish, ilg‘or tajribalarni joriy etish va strategik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
7