2025-yil 25 - 26 sentyabr kunlari Qarshi shahrida 60 dan ortiq ishtirokchi GIZ TexVET loyihasining yangi tayyorlangan TVET elchilari tomonidan tashkil etilgan ikki tomonlama ta’lim bo‘yicha birinchi o‘quv-seminarda to‘plandi. Tadbir oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari, to‘qimachilik korxonalari, Qashqadaryodagi siyosiy hamkorlar, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent kasb-hunar ta’limi instituti hamda Qarshi Savdo-sanoat palatasi vakillarini bir joyga jamladi. TexVET loyihasi maslahatchisi vakili Cornelia Shteinigen so‘z boshlab unda taqdimotlar quyidagilarni qamrab olishini bayon qilib seminarni ochib berdi:
🔹 Dual ta’lim nima?
🔹 Dual ta`limni targ`ib qilish modellari;
🔹 Germaniya va Misrdagi dual ta’limi tizimlari istiqbollari va ularni O‘zbekistondagi kasb ta`limi maktablarida joriy qilishning asosiy yo‘nalishlari.
Mazkur seminar GIZ tahkiloti tomonidan moliyalashtirilgan bo‘lib "dual ta`lim murabbiylari va elchilarini tayyorlash" konsepsiyasi samarali ekanligini ko‘rsatdi – Dual ta`lim elchilari endi O‘zbekiston bo‘ylab hamkorlarga kasbiy ta’limni rivojlantirishda dual ta`limning ahamiyati bo‘yicha o‘z tajribalarini ulashishga xamisha tayyorligini ko‘rsatishdi. Amaliy seminarda Professional ta`limni rivojlantirish institutidan bir qator ekspertlar dual ta`lim targ`iborchilari sifatida qatnashib turli xil iqtisodiyot sektorlarii mutasaddilariga dual ta`limning mo‘hiyati va uning kasb ta`lim muassasalarida joriy qilishning eng dolzarb manfaatlarini tushuntirdilar. Jumladan Ambassadorlar Ruzmatov Qahramon “Dual ta’lim tizimi uchun nazariya va amaliyot o‘qituvchilarini tayyorlash”, Adhamova Moxira “Dual ta’limda ish beruvchi tomonidan biriktirilgan ustozlarning faoliyati va tendensiyalarini tashkil etish”, Nodira Sirojjiddinova “Dual ta’lim: Germaniya va O‘zbekiston tajribasining taqqoslamali tahlili”, Giyazov Javlon “Dual ta`lim shaxarchasi” kabi mavzularini tinglovchilarga keng yoritib berishdilar. Ulardan tashqari O‘zbekiston bo‘ylab bir qancha ekspertlar o‘z namoyishlari bilan mazkur seminarning istiqbolli maqsadlarini namoyish qilishga erishdilar.
31