Yangiliklar

Hurmatli ustoz va murabbiylar, aziz hamkasblar!

Sizlarni 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni - ulug‘ va nurli bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!

Ustozlik azaldan muqaddas kasb hisoblanib, millat ma’naviyati, mamlakat taraqqiyoti va yosh avlod kelajagi aynan sizlarning fidoiy mehnatingizga bog‘liqdir. Inson qalbiga ma’rifat urug‘ini sochish, ilm nurini tarqatishdan ko‘ra ulug‘roq va sharafliroq vazifa yo‘q.

Professional ta’limni rivojlantirish instituti o‘z oldiga kasbiy ta’lim tizimida ustoz va murabbiylarimizning malakasini oshirish, zamonaviy talablarga mos ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlash, innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish kabi ustuvor maqsadlarni qo‘ygan. Sizlarning faol ishtirokingiz va fidokorona mehnatingiz tufayli salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqdamiz.

Aziz ustozlar! Sizning ma’naviy zakovatiingiz, izlanish va yangilikka intilishingiz, kasbiy ta’limni rivojlantirish yo‘lidagi sadoqatingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizlarning yutuqlaringiz – kasbiy ta’lim tizimi taraqqiyotining asosiy poydevori hisoblanadi.

Shu ulug‘ kunda sizlarga mustahkam sog‘lik, oilangizda tinchlik va farovonlik, ilmiy va ijodiy izlanishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Birgalikda mamlakatimizda malakali, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida yana ko‘plab yuksak natijalarga erishamiz, deb ishonaman.

Bayramingiz muborak, aziz ustozlar va murabbiylar!

 

Xurmat bilan

Institut direktori Zaynidddin Xudayberdiev

22