Yangiliklar

Kasbiy ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining yakuniy natijalari to‘g‘risida E’LON

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 16-oktabrdagi PF–158-son Farmoni hamda Vazirlikning 2025-yil 8-apreldagi kasbiy ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 129-sonli buyrug‘i asosida 3 bosqichli “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovning 1-bosqichi kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida 30-aprelga qadar,               2-bosqichi Qoraqalpog‘iston Respublikasi viloyatlar va Toshkent shaharlari miqyosida 30-mayga qadar, 3-bosqichi Respublika miqyosida 30-iyunga qadar o‘tkazildi.

Tanlovning 3-boshqichiga taqdim etilgan 279 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha 17 ta 1-o‘rin,    15 ta 2-o‘rin va 9 ta 3-o‘rin bo‘yicha jami 41 ta g‘oliblar aniqlandi.

Tanlov natijalaridan norozi bo‘lgan ishtirokchilar natijalar e’lon qilingan sanadan boshlab 2 ish kuni mobaynida Respublika tashkiliy qo‘mitasining apellatsiya komissiyasiga (pedagoginnovatsiyalar@edu.uz)ga yozma shikoyat yuborishi mumkin.
 

G‘oliblar ro‘yxati

 

 

Ilova
307