Joriy yilning 23-may kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida Germaniyaning Ta’lim va tadqiqot Federal vazirligi (BMBF) vakili Aleksandr Xoxradell, Germaniya professional ta’lim instituti (BIBB) vakili Dr.Hannelore Kress, Germaniya savdo, sanoat va tashqi savdo palatasi vakillari Anna Volivach va Sasha Xoffman va boshqa mas’ullari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda kasbiy ta’lim tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, xususan malaka oshirish va qayta tayyorlash, dual ta’lim shakli, kasbiy ta’limni raqamlashtirish, o‘quv-metodik ishlar, ilmiy akademik almashinuv faoliyatini yo‘lga qo‘yish, talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha ta’lim dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tashrif yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va kelgusida doimiy aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.