Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish institutida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda

Vazirning 2025 yil 12 maydagi 170-son buyrug‘iga asosan Professional ta’limni rivojlantirish institutida joriy yilning 19-23 may kunlarida rejalashtirilgan “Kasbiy ta’lim tizimida kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha milliy va xorijiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish” mavzusida o‘quv amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti vakilllari, Professional ta’limni rivojlantirish instituti mas’ullari, Janubiy Koreyaning Tedjon sog‘liqni saqlash va Toshkentdagi Puchon universitetlarning professor-o‘qituvchilari, Tashqi mehnat migratsiya agentligining “Globogate” dasturi vakillari, Germaniyaning “Askania Bildung” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari, shuningdek, sohalar kesimida kasbiy va oliy ta’lim tashkilotlari hamda ish beruvchi korxona va tashkilotlardan shakillantirilgan 1500 nafardan ortiq Ishchi guruh a’zolari ishtirok etishmoqda.

Seminarning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 16 oktabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosi yuzasidan yangi 2025-2026 o‘quv yili uchun 350 dan ortiq kasb va mutaxassisliklarning kunduzgi va dual ta’lim shakli bo‘yicha milliy va xalqaro ta’lim dasturlarini xorijiy tajribalar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etishdan iborat.

46