2025-yil 12-maydan boshlab “O‘zbekistonda professional ta’lim islohotini qo‘llab-quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida “Kompetensiyalarga asoslangan vaziyatli o‘qitish” metodikasi bo‘yicha mintaqaviy treninglar boshlanib, treninglar, ayni paytda, Buxoro, Jizzax, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilmoqda. Unda jami 500 nafar kasbiy ta’lim muassasalari pedagoglarini qamrab olingan.
Mazkur treninglar 2022–2024-yillarda VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya Federal Kasbiy ta’lim universiteti (SFUVET) tomonidan tayyorlangan milliy trenerlar tomonidan olib borilmoqda.
Treningning asosiy mazmuni — real hayotiy va kasbiy vaziyatlarga asoslangan o‘qitish orqali, o‘quvchilarning amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, ya’ni kompetensiyalarga yo‘naltirilgan ta’lim modelini joriy etishdan iborat.