Yangiliklar

Institut va Germaniyaning AHK/GIC (Auslandshandelskammer / German Industry and Commerce) tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbariyati orasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

2025 yil 1 may kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida Institut va Germaniyaning AHK/GIC (Auslandshandelskammer / German Industry and Commerce) tashkilotining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbariyati orasida katta ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zaro uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Institut direktori Z.Xudayberdiev va Germaniyaning AHK/GIC rahbariyati Yu.Beskorskaya xonim va janob A.Alimdjanovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida professional ta’limni rivojlantirishda hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Xususan, nemis va o‘zbek korxonalari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash, nemis dual ta’limi, nemis standartlari asosida o‘qitishda sifat kafolatlari, pedagoglar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malakasini oshirish, nemis standartlari asosida nazariy va amaliy imtihonlarni tashkil etish va ular asosida tegishli sertifikatlar berish masalalari muhokama etildi.

Shu kuni o‘tkazilgan muhokamalar natijasida Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamda Germaniyaning AHK/GIC tashkiloti vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ma’lumot o‘rnida, Germaniyaning AHK/GIC tashkiloti vakolatxonasi tomonidan 2025 yil 26 aprel kuni nemis kasbiy ta’lim tizimiga muvofiq “instruktorlarni tayyorlash” AdA-dasturi doirasida yakuniy imtihon o‘tkazildi. Yakuniy imtihonni muvaffaqiyatli topshirgan 9 nafar hamyurtlarimiz “AdA instruktori” deb e’tirof etildi.

Mazkur imtihonlarda Institutda CIM-ekspert sifatida faoliyat olib borayotgan janob Gerard Kurt Germaniyaning AHK/GIC tashkiloti vakolatxonasi tomonidan tuzilgan Imtihon komissiyasi va Ta’lim kengashi vakili sifatida ishtirok etdi.

52