Yangiliklar

📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi boshlanganini e'lon qilamiz

 🏆🏆🏆

📣Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovi boshlanganini e'lon qilamiz

🔺TANLOV UCH BOSQICHDA O‘TKAZILADI!

1- bosqich - aprel oyining 25-sanasigacha kasbiy ta’lim tashkilotlari miqyosida;

2-bosqich - may oyining 25-sanasigacha hududlar (Qoraqalpog‘iston

Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bo‘yicha) miqyosida;

3-bosqich - iyun oyining 25-sanasigacha Respublika miqyosida.

Raqamli ta’lim resurslari tarkibi amalda o‘qitilayotgan fan (modul), o‘quv amaliyotlarining namunaviy o‘quv dasturidagi mavzular asosida umumkasbiy va maxsus fanlari mavzulari 2 soatga bo‘lingan holda, o‘quv amaliyotlari 6 soatga bo‘lingan holda ishlab chiqiladi.

Mavzular bo‘yicha quyidagilardan iborat bo‘lgan mavzular to‘plami;

▶️fanning ta’lim texnologiyalari;

▶️media (audio, video va animatsion) materiallar;

▶️vizual-didaktik resurslar;

▶️taqdimot materiallari;

▶️glossariy (atamalar lug‘ati);

▶️baholash vositalari (nazorat savollari, amaliy topshiriqlar, test materiallari, mashqlar, masalalar to‘plami va boshqalar).

Tanlovga raqamli ta’lim resurslari foydalanishga tizimlashtirilgan tayyor dasturiy mahsulot sifatida taqdim etiladi.

🏆 75 ball to‘plagan eng yuqori 3 ta raqamli ta’lim resurslari va ularning muallifi g‘olib deb belgilanadi.

🖥Tanlovning respublika bosqichida g‘olib deb topilgan mualliflarning raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining  rtr.profedu.uz Raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtiriladi.

🏆Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bo‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek:

1-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;

2-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;

3-o‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi;

Hamkorlikda ishlab chiqilgan va Respublika bosqichida qatnashib g‘olib deb topilgan Raqamli ta’lim resursi mualliflarning har biriga tegishli darajadagi diplom beriladi, g‘olib o‘rin uchun belgilangan pul mukofoti ular o‘rtasida teng taqsimlanadi;

Sohalar bo‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallamagan keyingi 3 ta o‘rindagi ishtirokchilar vazirlikning “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanadi.

80