Yangiliklar

Professional taʼlimni rivojlantirish institutida “Pedagoglar va mutaxassislarning «hardskills va softskills» koʼnikmalarini shakllantirish” mavzusida 4 kunlik seminar-treninglar oʼtkazilmoqda.

    2025 yilning 11-martidan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi xuzuridagi Professional taʼlimni rivojlantirish institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan «Markaziy Osiyoda iqtisodiy oʼsish tarmoqlari uchun kasb-hunar taʼlimi» (PECA) loyihasi doirasida Professional taʼlimni rivojlantirish instituti va Qirgʼiz Respublikasi taʼlim va fan vazirligi huzuridagi Professor-oʼqituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti mutaxassislari tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi kasbiy taʼlim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari uchun “Pedagoglar va mutaxassislarning «hardskills va softskills» koʼnikmalarini shakllantirish” mavzusida 4 kunlik seminar-treninglar oʼtkazilmoqda. 

Seminar-treninglarda kasbiy taʼlim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari uchun «hardskills va softskills» koʼnikmalarini shakllantirishning ahamiyati, kasbiy taʼlimda dual taʼlim tizimining afzalliklari, kasbiy taʼlim tizimida zamonaviy texnologiyalarni qoʼllash, taʼlim jarayoniga xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish istiqbollari yoritildi va muxokama etildi.

60