2025 yil 12-fevral kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Ta’lim sohasi” (110 000) yo‘nalishi bo‘yicha O‘quv-metodik birlashmasining 1-sonli yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yigʼilishda:
“Ta’lim” yo‘nalishi O‘quv metodik birlashmasi raisi: Tadjieva Muhabbat Haydaralievna - Toshkent Pedagogika texnikumi direktori.
“Ta’lim” yo‘nalishi O‘quv metodik birlashmasi kotibasi: Sh. Shukurova Professional taʼlimni rivojlantirish instituti bosh mutaxassisi.
Professional taʼlimni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Ravshanov Sobirjon Markaevich.
“Ta’lim” yo‘nalishi O‘qitish materiallarini ishlab chiquvchi ishchi guruhi O‘quv metodik uyushmasi raisi: Adizova Dilrabo G’aybullayevna - Buxoro pedagogika texnikumi direktori.
Kotibi: Norqulov Zafar Baxtiyarovich - Qashqadaryo pedagogika texnikumi O‘IBDO‘.
Eksperti: Xujamberdiyeva Umida Sulaymonovna - Toshkent viloyati pedagogika texnikumi direktori hamda oʼquv-metodik birlashma 21 nafar va O‘qitish materiallari ishlab chiquvchi ishchi guruhi 12 nafar aʼzolari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 13 dekabr, 836-son “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida qarori” bilan tasdiqdangan Kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ijrosini ta’minlash to‘g‘risida tushunchalar berildi.
O‘quv-metodik birlashma a’zolari tarkibi tasdiqlandi. O‘quv-metodik birlashmaning 2025 yil ish rejasi bilan tanishtirildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021yil 26-martdagi “Professional ta’lim tiziminiig ilmiy-metodik kenigashi hamda sohalari bo‘yicha o‘quv-metodik birlashmalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 148-sonli buyrug‘i mazmun-mohiyati tushuntirilib o’tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-oktabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillash-tirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-158-sonli qarori” bo‘yicha vazifalar belgilandi.