Joriy yilning 28 yanvar kuni Professional ta’limini rivojlantirish instituti va Germaniyaning “AVESTOS GmbH” kompaniyasi o‘rtasida “Kasbiy ta’lim sohasida hamkorlik” memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Memorondumni imzolashdan oldin “AVESTOS GmbH” kompaniyasi rahbariyati va xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida tashkil etilgan forum natijalari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muohkama qilindi.
Shuningdek, memorandumda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan kasbiy ta’lim tashkilotlari faoliyatini o‘rganish, tahlil qilish, talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish hamda kasbiy ta’lim muassasalari rahbar va pedagoglari malakasini oshirish va qayta tayyorlash, pedagogik jamoa va mutaxassislar uchun qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish kabi masalalar o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, “AVESTOS GmbH” kompaniyasi boshqaruv direktori Antje Strauch xonim Institut rahbar va mutaxassislariga xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish bo‘yicha seminar o‘tib berdi. Kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonga Germaniyadan transfer (joriy) qilinishi mumkin bo‘lgan 25 ta kasblar muhokama qilindi va talab yuqori bo‘lgan 10 ta kasblar tanlab olindi va ular bo‘yicha xalqaro ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va metodik ta’minotini yaratish borasida ma’lum bir kelishuvlarga erishildi.
162