Yangiliklar

“Ipak yo‘li” xalqaro universiteti qoshidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida amaliy seminar o‘tkazildi

2023-yil 13-mart kuni “Ipak yo‘li” xalqaro universiteti qoshidagi Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumida “Umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Tadbirda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish metodikasini o‘rganish hamda tajriba almashish maqsadida Toshkent turizm va biznes kolleji, Sergeli tumani kasb-hunar maktabi va Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirokida maxsus dastur asosida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Shuningdek “Turizm” va “Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlari ochiq dars ko‘rinishida namoyish etildi. Amaliy seminarda Rossiya Federatsiyasi Professional ta’limni rivojlantirish instituti (IRPO) hamda Pedagogik innovatsiyalar instituti rahbariyati mehmon sifatida ishtirok etdilar.

772