Oliy ta’lim tizimida “Korrupsiyadan xoli muhit”ni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi

7-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida 2025-yil 26-mart kuni imzolangan “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimida korrupsion omillarni aniqlash va bartaraf etish hamda korrupsiyadan xoli muhitni yaratish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari Sherzod To‘xtaboyev va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi har ikki tashkilot mas’ullari ishtirok etdi.

Tadbirda tizimda korrupsion xavf-xatarlarni bartaraf etish, sohaga raqamli texnologiyalarni joriy etish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.