Xudayberdiyev Zayniddin Yavkachevich
Institut direktori
Institut direktori
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1991 yil, Toshkent xalq xо‘jaligi instituti (kunduzgi)
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: iqtisodchi
Ilmiy darajasi: iqtisod fanlari doktori, professor
Vazifalari:
Institutning maqsadi – boshlang‘ich, о‘rta va о‘rta maxsus profsssional ta’lim tizimini rivojlantirish, rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
Institut belgilangan maqsadlarga erishish bо‘yicha quyidagi yо‘nalishlarda о‘z faoliyatini amalga oshiradi:
professional ta’lim dasturlari mazmuni va tuzilmasini doimiy ravishda takomillashtirib borish;
о‘quv-meyoriy hujjatlarni yaratish bо‘yicha tavsiya va yо‘riqnomalarni ishlab chiqish;
professional ta’limga pedagogik innovatsion texnologiyalarning ilg‘or shakl va metodlarini joriy etish, о‘quv dasturlari, fan va texnologiyalarning innovatsion yutuqlari asosida о‘quv jarayonini tashkil etish;
tizim rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim tizimini rivojlantirish yо‘nalishi bо‘yicha Institutning asosiy vazifalari:
О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimi uchun “hayot davomida ta’lim olish” prinsipiga asoslangan ilg‘or xorij tajribasi hamda iqtisodiyotning real sektorlaridagi о‘zgarishlarni hisobga olgan holda professional ta’lim dasturlari, namunaviy о‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishni tashkil etish;
Professional ta’lim muassasalari uchun yaratilgan о‘quv va о‘quv-metodik adabiyotlarini nashr etilishi hamda yetkazilishini tashkil etish;
Professional ta’lim muassasalarini о‘quv mashg‘uloti jurnallari, о‘quvchilar guvohnomalari, davlat namunasidagi diplom va diplom ilovalari hamda sertifikat va akademik ma’lumotnoma blankalari bilan ta’minlash:
Xorijiy davlatlarning ta’lim vazirliklari, О‘zbekiston Respublikasi vazirlik va idoralari hamda jismoniy va yuridik shaxslarning professional ta’lim muassasalarini bitirganlik haqidagi diplomlarini haqiqiyligini tasdiqlash tо‘g‘risidagi surovnomalariga ma’lumotlar berish;
innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqishni tashkil etish, о‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini о‘quv jarayoniga joriy etishda metodik yordam kо‘rsatish;
professional ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari bilan birgalikda professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bо‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalarining metodik kо‘maklashish bо‘yicha maslahatchi-metodistlar xizmati ishlarini muvofiqlashtirish va ylapga metodik rahbarlik qilish;
masofaviy ta’limni keng joriy etish va uning metodik ta’minotini ishlab chiqish;
professional ta’lim sohasida interaktiv xizmatlar kо‘lamini kengaytirish, elektron ta’lim va ta’lim jarayonini boshqarishning elektron tizimini joriy etish ishlarini tashkil qilish;
idoraviy bо‘ysinuvidan qat’iy nazar professional ta’lim muassasalarining rahbar, о‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash va malaka oshirishlarini tashkil qilish;
professional ta’lim muassasalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini innovatsion yondashuv asosida tashkil etish;
idoraviy bо‘ysunuvidan qat’iy nazar professional ta’lim tizimi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish kurslarini ularning boshqaruv, kasbiy va pedagogik kompetensiyalar diagnostikasi asosida tashkil etish va monitoringini olib borish;
rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning tabaqalashtirilgan namunaviy о‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish, о‘rnatilgan tartibda tasdiqlash va joriy etish;
rahbar va pedagog kadrlarning, xususan, ishlab chiqarish ta’limi ustalarining malaka oshirishlarini tashkil qilishda ta’limning ishlab chiqarish bilan о‘zaro samarali hamkorligini ta’minlash;
professional ta’lim tizimi muammolari bо‘yicha ilmiy-tadqiqotlar о‘tkazish;
nodavlat ta’lim muassasalari, shuningdek О‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
qayta tayyorlash va malaka oshirish davrida tinglovchilarning siyosiy, ma’naviy, madaniy va ma’rifiy dunyoqarashlarini rivojlantiruvchi darsdan tashqari tadbirlar tashkil qilish.
Professional ta’limni rejalashtirish va rivojlantirish bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1997 yil, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent davlat universiteti (kechki)
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: kimyogar, o‘qituvchi
Ilmiy darajasi: texnika fanlari nomzodi
Vazifalari:
Professional ta’lim muassasalarini innovatsion rivojlantirish, xususan о‘quv-metodik ta’minlash, “WorldSkills” va ta’lim standartlarini ishlab chiqish, ta’lim texnologiyalari va о‘quv dasturlarini ishlab chiqish, dual ta’lim va amaliyotlarni metodik ta’minlash, о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishda innovatsion pedagogik texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislarning kasbiy kompetentligini oshirishga metodik yordam berish, ta’lim jarayoniga innovatsion pedagogik va raqamli texnologiyalarni tatbiq etish orqali ta’lim sifatini oshirish va raqamli ta’lim kontentlarini ishlab chiqish orqali ta’lim-tarbiyaning sifat va samaradorlik darajasini oshirishni ta’minlash.
Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 2001 yil, Navoiy davlat konchilik instituti (bakalavr)
2006 yil, Navoiy davlat konchilik instituti (magistr)
2016 yil, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: ijtimoiy sohalar menejmenti, davlat boshqaruvi
Ilmiy darajasi: Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent
Vazifalari:
Iinstituning malaka oshirish va qayta tayyorlash majmuasi faoliyatini boshqaradi;
institutning o‘quv jarayonini, me’yoriy-uslubiy ta’minotini boshqaradi va o‘quv-mavzu rejalari, dasturlarini tayyorlash, tuzish, ularga tegishli o‘zgartirish va yangiliklarni kiritib borilishini ta’minlaydi;
idoraviy bo‘ysunuvidan qat’iy nazar professional ta’lim muassasalarining rahbar, o‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini qayta tayyorlash va malaka oshirishlarining o‘quv me’yoriy asoslarini tashkil qiladi;
ta’lim jarayonini tashkil qilishga oid me’yoriy, huquqiy va uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy etishni muvofiqlashtiradi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimda rahbar va pedagog kadrlarning bazasini yaratish va elektron monitoringini yuritishni tashkil qiladi;
malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining barcha shakllari bo‘yicha ishchi o‘quv reja va dasturlarni o‘rnatilgan tartibda tasdiqlashni ta’minlaydi;
o‘quv jarayonida ilg‘or tajribalarni qo‘llash bo‘yicha xorijiy hamda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;
kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha malakasini oshirish o‘quv jarayoniga vazirlik, idoralar va tashkilotlarning malakali mutaxassislarini jalb etish;
Moliyaviy va iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1998 yil, Samarqand qishloq xo‘jalik instituti 2005 yil, Samarqand davlat universiteti
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: zooinjener, iqtisodchi
Vazifalari:
Xo‘jalik faoliyati, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlarini amalga oshiradi, moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha ish rejalari loyihasini tayyorlaydi, kafedralar, o‘quv va laboratoriya xonalari, tinglovchilar turar joylari hamda boshqa binolarni zarur jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlaydi, xodimlar va tinglovchilar sihat-salomatligini va xavfsizligini taʼminlovchi sharoitlar yaratadi, binolarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlarini, qurilish, kapital va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qiladi va nazoratini olib boradi, budjetdan tashqari mablag‘ topish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiradi, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va tozalash ishlarini tegishli bo‘linma hamda texnik xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan amalga oshiradi, institut mulklarini hisobga olish va saqlanishini taʼminlash, yaroqsiz bo‘lganlarini hisobdan chiqarishni tashkil qiladi.
Ilmiy kotib
Maʼlumoti: Oliy
Tamomlagan: 1983 yil, Farg‘ona politexnika instituti (kunduzgi)
Maʼlumoti bo‘yicha mutaxassisligi: muhandis-mexanik
Ilmiy darajasi: pedagogika fanlari doktori, professor
Vazifalari: