Yangiliklar va e'lonlar

2026 yil 13 may kuni Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminarda quyidagi tadqiqotchilarning dissertasiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tadi:

Soat 14:00 da

Pazilova Dilnoza Xaydaraliyevnaning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda ijtimoiy tarmoq texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (AKT sohasida kasbiy ta’lim yo‘nalishi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy rahbar:
M.T. Mirsoliyeva
p.f.d., professor

Taqrizchilar:
J.A. Hamidov
p.f.d., professor

D.N. Mamatov
p.f.d., professor

Soat 16:00 da

Baqoev Olim Atoyevichning 13.00.05 – “Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha “Professional ta’lim muassasalarida bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyotlarini samarali tashkil etish va o‘tkazish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi muhokamasi bo‘lib o‘tadi.

Ilmiy rahbar:
A.K. Avliyakulov
p.f.n., dotsent

Taqrizchilar:
U.A. Urinov
p.f.d., professor

N.V. Ro‘zmetova
p.f.d., dotsent