E'lonlar

PROFESSIONAL TA’LIMNI RIVOJLANTIRISH INSTITUTI OLIY TA’LIMDAN KEYINGI TA’LIM INSTITUTLARIGA HUJJAT TOPSHIRMOQCHI BOʻLGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!

Professional ta’limni rivojlantirish instituti quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun hujjatlar qabuli boshlanganini e’lon qiladi:

Ixtisosliklar shifri va talab etiladigan hujjatlar roʻyxati:

13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha) ixtisosligi boʻyicha tayanch doktorantura uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi;

13.00.05-Kasb-hunar ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligi boʻyicha doktorantura uchun 1 nafar, tayanch doktorantura uchun 4 nafar talabgor qabul qilinadi;

13.00.07- Ta’limda menejment (Professional ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ) ixtisosligi  boʻyicha doktorantura uchun 1 nafar, tayanch doktorantura uchun 1 nafar talabgor qabul qilinadi.

Tayanch doktorantura (PhD)ga talabgorlardan talab etiladigan hujjatlar:

1.Qisqacha biografik maʼlumot.

2.Elektron tizim orqali integratsiya qilinmagan taqdirda - oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun), oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi*.

3.Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).

3.Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun)

4.Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Stajyor-tadqiqotchilar va mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas)

Doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni

taqdim etadilar.

1.Qisqacha biografik ma’lumotnoma.

2.Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi*.

3.Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi (mustaqil izlanuvchilar (DSc) uchun majburiy emas).

4.Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).

5.Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun).

6.Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat nusxasi (Mustaqil izlanuvchilar uchun majburiy emas).

Eslatma!

    Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (https://daraja.ilmiy.uz/ ) orqali ro‘yxatdan o‘tgan holda yuboriladi.

Qabul muddati: 2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrgacha.

Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Chimboy-2, 96-uy.

Tel: 71-246-92-17; faks: 71-246-90-37;

e-mail: pedagogikinnovatsiyalar@edu.uz