Yangiliklar

Professional taʼlimda 3 ta moduldan iborat mintaqaviy loyiha taqdimoti bo‘ldi

Xabar berganimizdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida vazir o‘rinbosari Sadoqat Sidiqqova bilan Yevropa ta’lim fondi (YTF) vakillari o‘rtasida bo‘lgan uchrashuvda “DARYA” loyihasi haqida ma’lumot berilgan edi.

Ushbu loyihaning batafsil muhokamasi tegishli vazirlik va idoralarni jalb qilgan holda vazirlik huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar institutida (Institut) boʻlib oʻtdi.

Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Institut mutasaddilari, tegishli vazirlik masʼullari hamda YTFning Oʻzbekiston boʻyicha eksperti Yan Kamming va Markaziy Osiyo boʻyicha koordinator Kristina Xemshemayer xonim ishtirok etdi.

Institut direktori Z.Xudoyberdiyev uchrashuvni ochib berib, mehmonlarga hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so’ng, professional ta’limni rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi. YTF vakillari tomonidan “DARYA” loyihasining taqdimoti oʻtkazildi.

Mazkur loyiha mintaqaviy ahamiyatga ega boʻlib, professional taʼlimdagi malaka oshirish, inklyuziv taʼlim, kasb-hunarga oʻrgatishga yoʻnaltirilgan 3 ta moduldan iborat. 5 yil muddatga moʻljallangan loyiha, nafaqat mamlakatimizda, balki Markaziy Osiyo davlatlarida ham amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Uchrashuv soʻnggida tomonlar esdalik sovgʻalar bilan almashishdi.

Manba: edu.uz

53