Yangiliklar

Iqtisodiyotning 4 ta tarmog‘i bo‘yicha professional ta’lim tizimi takomillashtiriladi

Osiyo taraqqiyot bankining ijtimoiy sektor departamenti direktori va vazirlik rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan 2022 yildan boshlab amalga oshirilishi boshlangan “Zamonaviy iqtisodiyot uchun kasb ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida iqtisodiyotning 4 ta tarmog‘i – qurilish, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha professional ta’lim tizimini takomillashtirishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ushbu tarmoqlar uchun malakali ishchi va mutaxassis kadrlar tayyorlashga ishtisoslashgan 6 ta professional ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini xalqaro standartlar asosida tashkil qilish, ish beruvchilar talabiga javob beradigan malakali kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida ulardagi o‘quv-ustaxonalarni zamonaviy va “WorldSkills” talablariga mos uskunalar bilan jihozlash rejalashtirilgan.

Uchrashuvda kelgusida loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar ham muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Osiyo taraqqiyot banki bilan oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda va xususiy sektorni keng jalb qilishda hamkorlik qilish yuzasidan ham fikr almashildi.

Manba: edu.uz

31