Yangiliklar

“Kichik Olimpiada”ning navbatdagi musobaqasi

Bugun, 20-aprel kuni Barkamol avlod sport o‘yinlarining respublika final bosqichining navbatdagi musobaqasi Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida start oldi.

Shaxmat va shashka bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqada yurtimizning barcha hududlaridan akademik litsey va professional ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari ishtirok etmoqda.

200 nafarga yaqin umidli sportchilarni o‘zida jam qiluvchi ushbu musobaqa respublika final bosqichi dasturidan o‘rin olgan o‘n uchinchi musobaqa hisoblanadi.

Bugun sportchi yoshlar o‘g‘il bolalar va qizlar toifasida musobaqalarda o‘z ishtirokini boshlashdi. Turnir yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ma’lumot uchun, Barkamol avlod sport o‘yinlarining respublika final bosqichi doirasidagi eng so‘nggi musobaqa stol tennisi bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.


 

34