Yangiliklar

Shamsiddin Hamidovich Usanov 60 yoshda

Joriy yilning 21-yanvar kuni Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘z sohasini tajribali mutaxassisi, o‘z kasbining fidoyisi, chinakam inson va mehribon ustoz Shamsiddin Hamidovich Usanov qutlug‘ 60 yoshni qarshiladi.

Ushbu tadbirda institut jamoasi ustozni muborak yoshi bilan samimiy qutlab, ushbu sharafli kunda jamoaga faol xizmat qilayotgan, yetuk mutaxassis va jonkuyar murabbiy sifatidagi faoliyatini alohida e‘tirof etishdi.

Zahmatkash inson va bir qancha shogirdlarning ustozi Shamsiddin Hamidovich o‘zining muborak 60 yoshini ma’naviy merosimizni targ‘ib qilish, ta’lim-tarbiya ishida ulkan muvaffaqiyatlar bilan kutib olish arafasida turibdi.

Inson yashar ekan u kechirayotgan umrining asl qiymati-yuksak insoniy fazilatlari, mehribonligi, odamlarga yaxshilik qila olishi, do‘stlariga sadoqati, fidoyi qalbi hamda mehnatkashligi bilan o‘lchanadi.

Eng muhimi ustoz el ardog‘ida, hamkasblari hurmatiga sazovordir. Ustozga sihat-salomatlik, yangidan yangi ijodiy zafarlar tilaymiz.

Institut jamoasi

3