Yangiliklar

Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminar o‘tkazildi

Shvetsariya elchixonasi orqali Shvetsariyaning rivojlanish agentligi tomonidan moliyalashtirilayotgan Helvetas Swiss Intercooperationning “O‘zbekiston professional ta’lim reformasini qo‘llab-quvvatlash (SVRP)” loyiha doirasidagi navbatdagi seminari 18-19-yanvar kunlari Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida o‘tkazilmoqda.

Ushbu seminarda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Pedagogik innovatsiyalar institutidan vakillar ishtirok etmoqda.

Loyihaning asosiy fazasi o‘z faoliyatini o‘tgan 2021-yil 1-dekabrdan boshlagan va 2024-yil 31-dekabrgacha davom etadi. Ushbu seminarda fazaning 2022-yil uchun ish-rejasi muhokama qilinmoqda.

4