Yangiliklar

Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarining innovatsion ishlari daromad keltirmoqda

Namangan shahar 2-son kasb-hunar maktabida 9 ta kasb bo‘yicha “Kompyuter grafikasi va dizayn operatori”, “Gaz va suv iste'mol nazoratchi operatori”, “Payvandlovchi”, “Tokar'”, “Frezerlovchi”, “Tikuvchi”, “Elektromontyor”, “Avtomobillarni ta'mirlash chilangari” va “Oqava suv iste’moli nazoratchisi” kabi yo‘nalishlarda  1108 nafar o‘quvchilar tahsil olishadi.

2021-yil 24-dekabrda mazkur kasb-hunar maktabida o‘quvchilarning bajargan ishlari hamda ixtirolari  yuzasidan o‘tkazilgan ko‘rik tanlovining kasb-hunar maktabi bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur tadbirda ta’lim olayotgan quyidagi o‘quvchilar ikkilamchi xom ashyolardan foydalanib uy-ro‘zg‘or buyumlari, tikuv buyumlari, bolalar o‘yinchoqlari va ko‘ngil ochar musiqiy ovoz eshittirgichlarini, shuningdek yangi innovatsion g‘oyalarni qo‘llagan holda inkubator, tungi sharoitda velosipedda qulaylik yaratuvchi mayoq, kompyuter grafikasi asosida kiyimlarni modellash va loyihalashtirish, quyosh nuridan quvvatlanuvchi uy nazorat kamerasi kabi jihozlar tayyorlab, buyurtma asosida aholiga yetkazib berishmoqda. Shuningdek iqtidorli yoshlar o‘zlarini va oilasini moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Tadbirda innovatsion g‘oyalar bilan ishtirok etgan iste’dodli yoshlar qo‘yidagi ishlari bilan qatnashishdi.

Lutfullaev Sayyod Saydullo o‘g‘li 2005 yil tug‘ilgan. Mazkur kollejda “Tokar'” yo‘nalishida ta’lim oladi. O‘qishdan tashqari payt yong‘oq daraxti yog‘ochidan tovoq, vaza, piyola va oshxona jihozlari yasaydi. Daromadi bir oyda 10-15 million so‘mni tashkil etadi.

Mamajonov Obidxon Maxmudjon o‘g‘li kollejda “Elektromontyor” yo‘nalishda o‘qiydi. U bugungi tadbirda o‘zi ixtiro etgan velosipedga tungi yoritgich va burilgich jihozlari bilan qatnashdi. U ham ushbu jihozlarni o‘rnatishdan o‘ziga daromad qilishni yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur kollejning shu yo‘nalishida yana bir iste’dodli yoshlarimizdan biri Tursunov Yaxyoxon Odilxon o‘g‘li kuygan motor cho‘lg‘amlarini qayta ta'mirlab sotadi. Ushbu darsdan tashqari vaqtida ishlagan xizmatida oyiga 10-14 million so‘m daromad topib oilasiga kattagina moddiy yordam berib kelmoqda.

Manba: edu.uz

2