Yangiliklar

Professional ta’lim tizimining o‘rta professional ta’lim dasturlari bo‘yicha ilk bitiruvchilari o‘qishni tamomladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari bosqichma-bosqich ta’lim dasturlarini yakunlamoqdalar. 

Jumladan Toshkent viloyati Olmaliq tumanidagi Olmaliq kon metallurgiya kollejida o‘rta professional ta’lim dasturlarining ilk bitiruvchilarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Taqdirlash marosida Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati xodimlari, Toshkent viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi, Olmaliq shahar xalq deputalari, Olmaliq shahar xalq kengashi kotibiyati,  ota-onalar va tumandagi turli tashkilotlotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Mazkur kollejda 2021-yilda “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari, “Payvandlash”, “Rangli metallar operatori”, “Chilangan” kabi yo‘nalishlarda jami 168 nafar bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom va uning ilovasi berildi.

Тadbirning yana bir ahamiyatlisi shu bo‘ldiki Respublikadagi yangi namunadagi kollejning birinchi diplom sohibiga “Avtomobillarni ta’mirlash chilangari” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishni  bitirgan Jamshid Yuldashevga RT №0000001-raqamli diplomi tantanali ravishda topshirildi.

Manba: edu.uz

8