Yangiliklar

“O‘quv jarayonini zamonaviy innovatsion pedagogik texnalogiyalar bilan tashkil etish shakl va usullari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi

Joriy yilning 7-yanvar sanasida Toshkent temir yo‘l texnikumida “O‘quv jarayonini zamonaviy innovatsion pedagogik texnalogiyalar bilan tashkil etish shakl va usullari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening:

1. Innovatsion pedagogik texnalogiyalardan foydalanish.

2. Dual ta’limni tizimini o‘quv jarayoniga joriy qilish bosqichlari.

3. O‘quv jarayonini zamonaviy tashkil etish shakl va usullari.

4. “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashkil etish” to‘g‘risidagi 465-sonli buyrug‘i.

5. Professional ta’lim muassasalari uchun Malaka talab, o‘quv reja va fan(modul) dasturlarini ishlab chiqish.

kabi mavzular bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Seminar-treningni Pedagogik innovatsiyalar institutinig quyidagi xodimlari tomonidan o‘tkazildi: Professional ta’limni innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Raimjanov Xosiljon “WorldSkills”, dual ta’lim va o‘quv amaliyotlarini metodik ta’minlash bo‘lim boshlig‘i Madjitov Abdumalik Abdug‘aniyevich va Personalni boshqarish kafedrasi katta o‘qituvchisi Roziqova Nazokat Alisher qizi.

49