Yangiliklar

Ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha o‘quv seminari

2023 yil 5-yanvar kuni Termiz Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida Professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ta’lim sifatini baholash va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i K.Mizamov, Surxondaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma boshlig'i R.Salomova hamda professional ta’lim muassasasi direktor va o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘tarilgan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyatini pedagog-kadrlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qishki ta’til davrida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat.

52