Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida o‘quv seminar tashkil etildi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti tomonidan joriy yilning 17 noyabr kuni Professional ta’lim muassasalari rahbar kadrlar uchun Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ularga nisbatan bo‘ladigan turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil etildi.

Unda, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ularga nisbatan bo‘ladigan turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilish muammolari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ushbu o‘quv seminarida majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasidagi normativ huquqiy bazani takomillashtirish mavzusiga oid tushunchalar berildi.

41