Yangiliklar

Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etish yo‘nalishida Qo‘qon temir yo‘l texnikumida seminar-trening o‘tkazildi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagok kadrlami qayta tayyorlash va ularing malakasini oshirish instituti hamda O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi hamkorlikda Parlament komissiyasinig 2021-yil 23-avgustdagi 16-sonli qaroriga muvofiq “Professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning dual tizimini joriy etishning o‘quv me’yoriy asoslari va metodik ta’minotini yaratish” loyiha ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida 14-15 noyabr kunlari Farg‘ona viloyati Qoqon temir yo‘l texnikumida Professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlari, uslubchi va ishlab chiqarish talim ustalari uchun “Kompetensiyaga asoslangan trening XXI asr hayot ko‘nikmalarini shakllantirish” mavzusida seminar-treninglari tashkil etildi.

Seminarda Buyuk Britaniyadan xalqaro ekspert Leslie Kurkham, O‘zbekiston ingliz tili o‘qituvchilari uyushmasi raisi F.Rashidova, milliy eksperti M.Amanova hamda Farg‘ona viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i, Farg‘ona viloyatidagi professional ta’lim muassalarining 60 nafar ilg‘or pedagoglari jamoasi ishtirok etdi.

Hozirda kunda Loyihani amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Trening kompetensiya, akademik mobillik, dual ta’lim tizimi va hayotiy ko‘nikmalami shakllantirish uchun mutaxassislaring layoqatini oshirishga qaratilgan.

Seminarda tanlab olingan kasblar doirasida:

  • Harakat tarkibini ta’mirlash elektr chilangari;

  • Kontakt tarmog‘i elektromontyori;

  • To‘qish jihozlari operatori;

  • Lokomotivlarni boshqarish mashinisti yordamchisi;

  • Veterinariya feldsher;

  • Temir yo‘l transporti kuzatuvchisi;

  • Signallashtirish, markazlashtirish, bloklash qurilmalari;

  • Nasos stansiyalariva nasos qurilmalari mashinisti;

  • Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash ishlari);

  • Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim Muassasasalarida tarbiyachi kasblarning nomlari, ishchilarning malakaviy razryadlari diapazoni, milliy malaka ramkasi darajasi (MMR) va faoliyat guruhi xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori (XALIKK-2020) bo‘yicha mos bo‘lishi bo‘yicha  kasb standarti va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bosqichlari bo‘yicha batafsil axborot berildi.

Kasbiy standartlarni ishlab chiqish bilan bog‘liq ma’lumotlar, ish beruvchilar bilan hamkorlikda materiallar va 4 ta xorijiy davlatlarning xalqaro metodikalar o‘rganilganligi hamda shu asosda 10 ta kasb bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Kasbiy standartlar asosida modul ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha metodik yo‘riqnoma” ishlab chiqildi.

Metodik tavsiyada kasbiy standartlar asosida kompetensiyaga asoslangan professional ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bosqichlari va tartibi yoritib berilgan. Metodik tavsiya ilg‘or xorijiy tajribalar natijalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan. Metodik tavsiya dual ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ham qo‘llanishi mumkin bo‘lib, dual ta’limni tashkil etish bo‘yicha Avstriya va Germaniya (xususan, Bavariya) tajribasi asosida ishlab chiqilgan.

6ta ish beruvchilar tomonidan berilgan talablar va takliflar hamda halqaro ekspertlarning tajribalari o‘rganilgan. Ushbu ma’lumotlar va meteriallar ishchi guruh a’zolari bilan tahlil qilinganligi va tahlil natijalarining barchasi umumlashtirish jarayonlari bo‘yicha bahs, munozalar va takliflar bildirildi.

47