Yangiliklar

Bitiruvchilar bandligi ta’minlanmoqda

Farg‘ona viloyatidagi professional ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

Toshloq tuman 2-son kasb-hunar maktabining 100 nafar o‘quvchi qizlari “Amira tekstil” korxonasida diplom oldi amaliyotlarini o‘tash bilan birga ishda qolish bo‘yicha korxona bilan shartnoma imzolagan edi. Bugun mazkur korxonaga viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig‘i T.Boymatov, Toshloq tuman hokimi va tuman prokurori boshchiligida kasb-hunar maktabining 150 nafar shundan 65 nafar o‘qil bola va 85 nafar qiz bolalari bilan korxonada “Korxonada bir kun” loyihasi tashkil etildi. Uchrashuv davomida mazkur korxonada ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar bilan o‘qishni yakunlagandan so‘ng korxona rahbari va o‘quvchi o‘rtasida shartnomalar imzolandi.

Uchrshuv davomida bizning maqsadimiz tumandagi barcha yosh kasb-hunar egalarini bandligini ta’minlash va egallagan kasblari bo‘yicha ish faoliyatlarini olib borishilari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda kelgusida mazkur kasblari bo‘yicha o‘z ustida ishlab yanada mahoratli bo‘lishlarida imkoniyatlar yaratib berishdan iborat deydi “Amira tekstil” korxonasi rahbari.

8