Yangiliklar

Xiva turizm va madaniy meros texnikumi tomonidan “Kasblar festivali” o‘tkazildi

Xiva turizm va madaniy meros texnikumi tomonidan Xiva shahar Ichan qal’a davlat tarixiy-me’moriy muzey qo‘riqxonasida “Kasblar festivali” va ushbu festival doirasida texnikum talabalari o‘rtasida ishchi kasblar tanlovi ham tashkil etildi.

Tadbirda turizm, mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish, umumiy ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish yo‘nalishlari talabalari tomonidan turizm sohasidagi kasblarni yoritib beruvchi bir-biridan qiziqarli shartlar bajarildi.

Jumladan, o’quvchilar mehmonxonalarda servirovka va housekeeping xizmati, turistik obyektlarda gid va yo‘riqchi-yo‘lboshchi xizmatini tashkil etish shartlari bo‘yicha bellashdilar.

Tadbirga Xiva shahar va tuman maktablarining bitiruvchilari va sohaga qiziquvchi yoshlar taklif qilindi.

Shuningdek ishtirokchilarni baholash uchun Ichan qal’a davlat tarixiy-me’moriy muzey qo‘riqxonasi hamda “Orient Star” va “Farovon” mehmonxonalari xodimlari ekspert sifatida qatnashdi.

Tadbir yakunida g‘olib jamoalar estalik sovg‘alari va kitoblar bilan taqdirlandilar.

Manba

16