“Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilgan II “Kitobxonlik haftaligi”da professional ta’lim muassasalari axborot-resurs markazi xodimlari taqdirlandi
Milliy matbuot markazida 18-23 aprel kunlari respublikamiz bo‘ylab “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilgan II “Kitobxonlik haftaligi”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda uzoq yillardan buyon axborot-kutubxona sohasida fidoyilik bilan mehnat qilib kelayotgan bir guruh soha mutaxassislariga “Axborot-kutubxona a’lochisi” ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.
Quvonarlisi, professional ta’lim tizimidan 4 nafar axborot-resurs markazi xodimlari ham ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:
Eshmo‘minova O‘raz Kenjaevna – Yakkabog‘ tuman 2-son kasb-hunar maktabi;
Toshboltayeva Nodiraxon Aminovna – Uchko‘prik tuman 2-son kasb-hunar maktabi;
Abduraxmonova Ma’muraxon Umataliyevna – To‘raqo‘rg‘on tuman 1-son kasb-hunar maktabi;
Usmonova Malohat Tursunmurodovna – Surxondaryo viloyati Denov tuman 1-son kasb-hunar maktabi