Yangiliklar

Pedagogik innovatsiyalar institutida “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Qonun, asosiy tushunchalar, mohiyati va mazmuni” mavzusida Namunaviy ochiq dars o‘tkazdi

Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Namunaviy darslarni tashkil etish jadvaliga muvofiq joriy yil 12-sentyabr kuni “Innovatsion ta’lim texnologiyalari kafedrasi” dotsenti B.Xaydarov  Ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari guruhida “Mehnatni muhofaza qilish  to‘g‘risidagi Qonun, asosiy tushunchalar, mohiyati va mazmuni” mavzusida Namunaviy ochiq dars o‘tkazdi.

O‘qituvchi yangi mavzuni ta’lim muassasasida o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarni tashkil etish bilan bog‘liq holatlarni misollar orqali yoritib berdi. Mavu bo‘yicha huquqiy-me’yoriy normativ baza bilan tanishtirdi. Modul bo‘yicha yangi bilimlarni shakllantirishda axborot kommunikatsiyalari va pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanildi.

Namunaviy ochiq darsda: Monitoring va baholash bo‘limi boshlig‘i F.Masavirov, kafedra mudirlari E.Xaitov, Yu.Xaitova, dotsent M.Shoraximov, katta o‘qituvchilardan Sh.Mirzaaxmedova, A.Axunjonovlar ishtirok etdi.

30