Yangiliklar

Professional taʼlim muassasalarida Avgust seminarlari boʻlib o‘tmoqda

Shu kunlarda 2022/2023-oʻquv yiliga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida hududiy boshqarmalar tomonidan vazirlik va idoralar mas'ullari, oliygohlar rahbarlari va professor-oʻqituvchilari, yirik ish beruvchi korxona hamda tashkilot vakillari ishtirokida seminarlar oʻtkazilmoqda.

Ularda pedagoglarni yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, malaka talabi va oʻquv rejalariga kiritilgan oʻzgarish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida maʼlumotlar tayyorlash, yangi kiritilgan kasb va mutaxassisliklar boʻyicha ishlab chiqilgan taʼlim dasturlari muhokama etilmoqda. Pedagog kadrlar faoliyat samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan taqdimotlar qilinmoqda.

Shuningdek, oʻqituvchi va metodistlar bilan yangi innovatsion texnologiyalar boʻyicha yaratilgan elektron oʻquv uslubiy ishlanmalar, oʻqitish materiallari toʻplamlari muhokama qilinib, amalga oshirilayotgan ishlarni ommalashtirish hamda tajriba almashish yoʻlga qoʻyildi.

Qayd etish lozimki, tadbir davomida taʼlim jarayonini toʻgʻri tashkil qilish, mehnat bozori va taʼlim integratsiyasini taʼminlash, WorldSkill standartlari, kompetensiyaga asoslangan taʼlim afzalliklari borasida suhbat bo‘lib o‘tmoqda.

Kasbga oʻqitish va malaka oshirishda raqamli taʼlim texnologiyalarini qoʻllash boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani keng tatbiq etish imkoniyatlari ham o‘rganilmoqda.

Manba: edu.uz

236