Joriy yilning 7-8-oktabr kunlari Professional ta’limni rivojlantirish institutida German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining “O‘zbekistonda barqaror moliyaviy transformatsiya va qishloq taraqqiyoti” loyihasi doirasida “Professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarini ishga kirishda tegishli xujjatlar (rezyume va CV) tayyorlashni o‘rgatish bo‘yicha o‘qituvchilarni malakasini oshirish” mavzusidagi "Trenerlar uchun trening" (ToT) bo’lib o’tdi.
Mazkur trening Xalqaro ekspert S.Raxmanova va institut professori D.Raxmatullayeva tomonidan olib borilib, trening Germaniya metodikasi asosida “Karerani rivojlantirish” moduli asosida tashkil etildi. Shuningdek, ushbu modul asosida multiplikatorlarni tayyorlash bo‘yicha ham o‘quv dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda Boʻsh (vakant) ish oʻrinlarni topish va ular bilan ishlash, rezyume (CV)ni yaratish va ariza topshirish davomida suhbatga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari qamrab olingan. Trening yakunida ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Eslatma: ushbu treningdan so‘ng vazirlik va hududiy boshqarmalar bilan kelishilgan holda viloyatlardagi “Biznes asoslari” fani o‘qituvchilar uchun ham o‘zlarining amaliy seminarlarini o‘tkazishlari rejalashtirilgan.