Yangiliklar

“Dual ta’lim muvaffaqiyat modeli: Germaniya Shparkassalar moliyaviy guruhidagi talablar, shartlar hamda jarayonlar” mavzusida seminar

Joriy yilning 27-sentabr kuni Germaniyadagi Oberxessen Shparkassasi mutaxassislaridan biri Shabana Zargarzada xonim  ishtirokida “Dual ta’lim muvaffaqiyat modeli: Germaniya Shparkassalar moliyaviy guruhidagi talablar, shartlar hamda jarayonlar” mavzusida seminar  tashkil etildi.

Mazkur seminarda Dual ta’limi va Oberxessen Shparkassa ta’lim tizimi,  Germaniyadagi banklar tizimi va Shparkassa akademiyasidagi dual ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, dual ta’limining Shparkassalar tizimidagi ahamiyati va ularga qo‘yilgan talablar hamda shart-sharoitlar, Shparkassa akademiyasida dual ta’limini tashkil etish masalalari  ko‘rib chiqildi. 

Ushbu seminarda Professional ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kurslariga jalb qilingan professional ta’lim muassasasi rahbar va rahbar o‘rinbosarlari ishtirok etdi.


Tadbir yakunida  ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldilar.

 

220